Xalq bankining sobiq bosh ofisi qariyb 120 mlrd so‘mga sotildi
Restoran biznesi bilan shug‘ullanuvchi “Oasis Samarkand” kompaniyasi binoni 119,7 mlrd so‘mga sotib oldi. Ikki ishtirokchi o‘rtasida o‘tgan auksionda faqat ushbu kompaniya taklif bergan.

Foto: E-auksion
24 may kuni E-Auksion saytida Xalq bankining sobiq bosh ofisi binosi sotuvi yakunlandi. Qatortol bozori yaqinida joylashgan obekt, Oasis Samarkand kompaniyasiga, 119,7 mlrd so‘mga sotildi. Bunga Spot.uz nashri e’tibor qaratdi.
Bino bank kuzatuv kengashining 2024 yil boshidagi qaroriga muvofiq onlayn auksionga qo‘yilgan; boshlang‘ich narxi – 114 mlrd so‘m bo‘lgan. Savdo oshirib borish uslubida o‘tkazilgan.
Auksion 15 daqiqa davom etgan, unda ikki ishtirokchi qatnashgan. “Oasis Samarkand” taklif bergan yagona ishtirokchi bo‘lib, boshlang‘ich narxdan 5 foiz yuqori narx, 119,71 mlrd so‘m taklif bilan g‘olib bo‘lgan.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, g‘olib “Oasis Samarkand” MChJ 2013 yilda Samarqand shahrida tashkil qilingan. Faoliyati – restoranlar va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, ustav fondi – 2,26 mlrd so‘m. Kompaniyaning 100 foiz ulushdori – Dalerov Amir Dilshodovich.
Bino 1995 yilda qurilgan bo‘lib, Toshkent shahri Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasida joylashgan. Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,5 gektar bo‘lib, olti, besh va ikki qavatli uchta ofis binolarini o‘z ichiga oladi. Binolarning umumiy maydoni 9242 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bino bilan birga umumiy quvvati 50 kW/h quyosh panellari ham sotilgan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi

20:36 / 28.04.2025
Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi

23:15 / 26.04.2025
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti

10:56 / 24.04.2025