“Marhamat, biz ochiqmiz” – vazirlik yuridik yo‘nalishda litsenziya ololmayotgan oliygohlar bilan muloqotga tayyorligini bildirdi
Oliy ta’lim vazirligi matbuot anjumanida yurisprudensiya yo‘nalishida litsenziya ololmayotgan nodavlat OTMlar masalasi yana ko‘tarildi. Vazir birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev bu yo‘nalishda hech qanday sun’iy to‘siq yo‘qligini ta’kidladi.

Foto: Kun.uz
26 mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida nodavlat OTMlar yurisprudensiya yo‘nalishi litsenziyasini olishda qiyinchilikka duch kelayotgani masalasi yana ko‘tarildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilyapti.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev biror yo‘nalishga berilmayapti yoki sun’iy to‘siq qo‘yilgan degan gap noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi. “80-son qarorda pasport va talablar belgilangan. Lisenziya o‘shanga muvofiq amalga oshiriladi. Yuridik ta’lim yo‘nalishini tashkil etishga keladigan bo‘lsak, Oliy ta’lim vazirligida yondashuv har bir yo‘nalishga obektiv tarzda bir xil”, – dedi u.
Shuningdek, Daliyev vazirlik biror yo‘nalishga sub’yektiv yondashuv qilib, “yurisprudensiya bermayapti, yo tibbiyot bermayapti, matematika bermayapti degan narsaga qattiq chalinish kerak emas”ligini ham aytdi. “Portalimizga yo‘nalish qo‘shish, yangi oliygoh ochish masalalarida juda ko‘p murojaatlar keladi va biz barchasini tartib-qoidaga asosan ko‘rib chiqyapmiz. Bitta OTM yoki bitta yo‘nalishga urg‘u berib gapirish noto‘g‘ri. Agarda kimdadir aynan yurisprudensiya yo‘nalishini ochish bo‘yicha qandaydir muammo yuzaga kelayotgan bo‘lsa, marhamat, biz ochiqmiz. Biz bilan muloqot qilishi mumkin, alohida uchrashishimiz ham mumkin”, – dedi u.
Daliyev fikrlarini vazirlik departamenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov ham qo‘llab-quvvatladi. Unga ko‘ra, xususiyatidan kelib chiqqan holda hamma yo‘nalishning o‘z talabi bor. “Masalan, yurisprudensiya deyapmiz, lekin biologioya, geologiya yo‘nalishlarini ochish yurisprudensiyadan ham qiyin. Chunki u qo‘shimcha moddiy texnik baza, laboratoriyalar talab qiladi. Yurisprudensiyada ham laboratoriya talab qiladigan dasturlari bor”, – dedi Xoliqov.
Eslatib o‘tamiz, yurisprudensiya yo‘nalishiga litsenziya olishdagi qiyinchiliklar borligi anchadan beri ko‘tariladigan masala. Mas’ullar odatda nodavlat OTMlar talablarni to‘liq bajarmayotgani, talablar bajarilsa, muammo yo‘qligini aytib kelishadi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi

18:33 / 18.04.2025
Mineral o‘g‘itlar va pestitsidlar savdosi uchun endi litsenziya talab qilinadi

15:04 / 08.04.2025
Raqobat qo‘mitasi litsenziyasiz turfirmalar faoliyatini reklama qilish taqiqlanganini eslatdi

18:00 / 01.04.2025