Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 179 kishi halok bo‘lgan. Tailanddan Janubiy Koreyaga uchib kelgan samolyot bortida ekipajning olti nafar a’zosi bilan jami 181 kishi bor edi.
Reuters/Yonhap
Janubiy Koreyadagi Yonhap agentligi xabar qilishicha, Jeju Air aviakompaniyasi samolyoti Bangkokdan parvoz qilgan. Mamlakat janubi-g‘arbida, Seuldan 288 km masofada bo‘lgan Muan aeroportiga qo‘nish chog‘ida u uchish-qo‘nish yo‘lagi tashqarisiga chiqib ketib, to‘siqqa urilgan.
Koreya televideniyesida namoyish etilgan kadrda samolyot shassisi chiqmay qolgan holda qo‘ngani va to‘qnashuvdan keyin kuchli yong‘in chiqqani aks etgan.
Yong‘in qamrab olgan samolyot ikkiga bo‘linib ketgan.
Halokatdan bir necha daqiqa olingan videoda Boeing’ning o‘ng dvigatelida chaqnash va tutun chiqqani ko‘ringan.
Hodisadan keyin darhol qutqaruv amaliyoti boshlangan. Ular samolyotning dum qismida bo‘lgan 29 kishi halok bo‘lganini xabar qilishdi. «Qurbonlar soni oshishi mumkin, jabrlanganlarning ko‘pchiligi og‘ir ahvolda», — degan AFP muxbiriga o‘t o‘chirish xizmati vakili. Bir soat o‘tib rasmiylar aviahalokat qurbonlari soni 47 kishiga yetgani haqida xabar berishdi, keyin bu raqam 62 ga o‘zgardi.
Yakuniy ma’lumotlarga ko‘ra, aviahalokat 179 kishini hayotdan olib ketgan. Samolyot bortida jami 181 kishi bor edi: 175 yo‘lovchi hamda ekipajning olti nafar a’zosi. Omon qolgan ikki kishi — bir yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan biri. Reuters xabariga ko‘ra, ularning ikkisi ham samolyotning dum qismida bo‘lgan. Ularning holati haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Yo‘lovchilarning aksari, 173 kishi — Janubiy Koreya, yana ikki nafari — Tailand fuqarolari bo‘lgan.
Hodisa sabablari hozircha ma’lum emas. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot qushlar bilan to‘qnashuv tufayli boshqaruvni yo‘qotgan bo‘lishi mumkin. Yonhap ma’lumotiga ko‘ra, shu sabab tufayli shassini boshqarish tizimi ishdan chiqqan. Rasmiylar ko‘rib chiqayotgan ikkinchi versiya — ob-havo sharoiti bilan bog‘liq.
«Ostorojno, novosti» telegram-kanali Flightradar ma’lumotlariga asoslanib xabar berishicha, halokatga uchragan Boeing bir kun oldin bortdagi favqulodda vaziyat to‘g‘risida xabar bergan. O‘shanda havo kemasi parvozni davom ettirishdan oldin majburiy qo‘nishni amalga oshirgan.
27 dekabr kuni kunduzi Boeing 737-8AS Chedjudan (Koreya janubidagi orol) Pekinga uchgandi. Reys davomida samolyotni Seulga yo‘naltirishga to‘g‘ri kelgan.

Taxminan 5 soat o‘tib Boeing Xitoyga parvozini davom ettirgan. Flightradar’da majburiy qo‘nish sababi haqidagi ma’lumotlar saqlanmaydi. Amerikaning xalqaro reyslarni monitoring qilish bilan shug‘ullanuvchi AirNav loyihasi bortda favqulodda holat ro‘y berganini taxmin qilgan.

2006 yildan buyon parvozlarni amalga oshirib keluvchi, Janubiy Koreyaning eng yirik aviatashuvchisi bo‘lgan Jeju Air kompaniyasi tarixida bu insonlar o‘limiga olib kelgan ilk aviahalokat bo‘ldi. 2007 yilda ham mazkur kompaniya samolyoti Kimhe (Pusan) aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgandi. O‘shanda olti yo‘lovchi yengil jarohatlangan.
Kompaniya Boeing 737-800 samolyotidan 2017 yildan buyon foydalangan, unga qadar bu samolyot Ryanair’ga tegishli bo‘lgan.


Mavzuga oid
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
18:16 / 26.12.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidentiga 10 yillik qamoq jazosi so‘raldi
08:45 / 24.12.2025