Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta'lim inspeksiyasi, Oliy ta'lim vazirligi va Jahon banki mutaxassislaridan iborat koordinatsion guruh tuziladi
Foto: AP
2019 yilning 17 iyul kuni Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida Jahon banki hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan «Oliy ta'lim tizimini takomillashtirish» loyihasi bo‘yicha navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv avvalida Davlat inspeksiyasi rahbari Ulug‘bek Toshkenboyev mazkur loyiha doirasida inspeksiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tdi. Jumladan, xalqaro konsultant va Davlat inspeksiyasi tomonidan taklif etilayotgan tizimni joriy qilish strategiyasi ishlab chiqilganligi, uni amaliyotga joriy etish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish hamda yangi tizimni sinovdan o‘tkazish maqsadida xalqaro konsalting kompaniyasi yollash rejalashtirilganligi, hozirga qadar ushbu tanlovga 8 ta kompaniya o‘z nomzodini tavsiya qilgan bo‘lib, ulardan 6 tasi tanlovda ishtirok etish vakolatiga ega bo‘ldi. Tanlov natijalariga ko‘ra qaysi kompaniya ushbu vazifani bajarishga loyiq deb topilishi sentabr oyida ma'lum bo‘ladi.
Shuningdek, uchrashuvda Davlat inspeksiyasi rahbari tomonidan loyiha doirasida Oliy ta'lim tizimida ta'lim sifatini yaxshilash bo‘yicha Davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Jahon banki yetakchi mutaxassislaridan iborat koordinatsion guruh shakllantirish taklifi berildi. Jahon banki vakillari tomonidan mazkur guruhning tashkil etilishi O‘zbekiston oliy ta'lim tizimida ulkan «reputatsiya» bo‘lishi mumkin, deb e'tirof etildi.
Uchrashuv so‘nggida Jahon banki vakillaridan loyiha rahbari Diyego Ambass inspeksiya tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni Jahon banki qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini hamda bu borada hamkorlik jarayonlari yanada mustahkamlanishini ta'kidladi.
Mavzuga oid
11:25 / 24.03.2026
Jahon banki Surxondaryoda yo‘l qurishga 200 mln dollar ajratadi
10:09 / 24.02.2026
JB: Ukrainani tiklash uchun 588 mlrd dollar kerak bo‘ladi
22:40 / 23.01.2026
Jahon banki Markaziy Osiyoda birinchi elektr energiya bozori yaratilishini qo‘llab-quvvatlaydi
14:25 / 26.12.2025