Ma’lum qilinişiça, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar hamda iqtisodiy institutlar bilan yaqin hamkorlikni yanada kuçaytirişga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, Xalqaro valuta jamğarmasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki kabi yetakçi moliya institutlari bilan hamkorlikda iqtisodiyotni texnologik modernizatsiya qiliş, infratuzilmani rivojlantiriş, barqaror energetika va transport loyihalarini amalga oşiriş işlari davom ettiriladi.
Şuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi, Turkiy davlatlar taşkiloti, Şanhay hamkorlik taşkiloti hamda Islom hamkorlik taşkiloti doirasida an’anaviy, keng qamrovli şeriklik aloqalarini yanada kengaytiriş rejalaştirilmoqda.
Prezident ta’kidlaşiça, “bunday uluğvor vazifalar” mamlakatda tinçlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo döstlik va ahillikni yanada mustahkamlaş, Qurolli Kuçlarning jangovar salohiyatini oşirişni talab etadi. Davlat rahbari buning uçun barça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilişini bildirdi.








