Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Shamol qovunlar uchun esadi” – bahorgacha turadigan Andarxon qovunlari
Farg‘onaning Beshariq tumani Andarxon qishlog‘ining aksariyat aholisi har yili erta bahorda qovun ekish uchun Jizzaxga yo‘l oladi. Qovunlar pishgach, ularni uyidagi maxsus omborxonaga olib kelib joylaydi. Oktyabr oyida ilingan qovunlar keyingi yilning may oyigacha turadi. Qovunlarning yaxshi saqlanishiga Andarxon shamoli ham yordam beradi.
Dehqonlar allaqachon maxsus omborxonalarga qovunlarni ilib qo‘yishgan. Shamol kirib-chiqishi uchun ochilgan tuynuklar omborxona haroratini bir xilda ushlab turishiga yordam beradi. Dehqonlarning aytishicha, ayni paytda 1 kg qovun 4 ming so‘mdan sotilyapti.
“Andarxon qishlog‘i aholisi asosan qovun yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Ota-bobolarimiz ham qovun ekib tirikchilik qilishgan, biz ham bu an’anani davom ettiryapmiz. Qovun ekish uchun erta bahorda Jizzax, Sirdaryoga borib yer olamiz. To kuzgacha musofirchilikda dehqonchilik qilamiz.

Bizga muzlatkich kerakmas. Omborxonaning o‘zi muzlatkich vazifasini bajaradi. Aslida bunga hech qanday texnologiya ham shart emas. Tom qismiga mo‘rilar qo‘yilgan. Omborxonaga yon tomondan havo kirib, ichkarida bir xil shamol aylanadi. Bu esa qovunlarning keyingi yilning bahorigacha yaxshi saqlanishini ta’minlaydi. Shuning uchun qovunlar nihoyatda yaxshi saqlanadi. Asosan gulobi navli qovun saqlaymiz. Juda ham mazali, taniqli qovun.




Tilimi tilyorar qovunlarimiz Rossiya, Qirg‘iziston va Xitoyga ham sotilyapti. Qovunlar qancha saqlansa, mazasi ham shunga yarasha bo‘ladi. Qishlog‘imizda bahorgacha qovun bo‘ladi.
Dehqon bir gektar yeridan o‘rtacha uch-to‘rt “Kamaz” qovun olishi mumkin. Bu degani bir gektar yerdan 50-60 tonna qovun, tarvuz hosili yig‘ib olinadi. Har bir oilaning bir mavsumda 300 million so‘mgacha daromadi bor”, deydi andarxonlik dehqon Murodjon Qodirov.
Sarvar Ziyoyev,
Sardor Mamirov,
Kun.uz
Mavzuga oid
15:41 / 16.12.2025
«Qo‘qonlik tabib» yana sudga berildi
17:48 / 13.12.2025
Vodiyda metan-shoxobchalarga konteynerlarda gaz tashish sinab ko‘riladi
08:30 / 06.12.2025
Farg‘onada kadastr inspektori va davlat muassasasi mas’ullari pora bilan ushlandi
08:20 / 29.11.2025