Qişning sovuq kunlarida, vodiy viloyatlarida gaz bosimi tuşib ketgan paytda, metan-şoxobçalarga siqilgan tabiiy gaz maxsus yuk maşinalarida taşib olib boriladi. Buning uçun Özbekiston Xitoydan 150 ta köçma konteynerni buyurtma qilgan.
Bu konteynerlar siqilgan metan gazni Farğona, Namangan va Andijon viloyatlaridagi 50 ta metan-şoxobçaga taşiydi. Pilot loyiha uçun har bir tumandan bittadan şoxobça tanlab olingan. Har bitta konteyner 9000-9500 kubometrgaça gazni taşiy oladi.
Bu haqda ötgan oyda Energetika vazirligi taşkil etgan press-turda ma’lum qilingan edi. 11 dekabr kuni vazir Jörabek Mirzamahmudov parlamentdagi çiqişida bu masalada qöşimça ma’lumot berdi.
“Bu yil yangi taşabbus taşkil qilindi. Gaz ta’minoti eng oğir, bosim eng past böladigan hududimiz – Farğona vodiysida ikkita yönalişda iş taşkil qildik. Birinçisi, qöşni davlatdagi mavjud tranzit quvurdan foydalangan holda, yaqinroq masofadan – Hovos–Farğona liniyasidan gaz ta’minlanyapti. Ikkinçisi, biz gaz quyiş şoxobçalariga gaz taşiydigan 150 ta köçma konteynerlarni olib keldik”, – dedi u.

Vazirning sözlariga köra, treylerlar va konteynerlar allaqaçon olib kelingan bölib, ularning bazasi Farğona viloyatining Beşariq tumanida böladi. Bu yerda konteynerlarni töldiradigan metan-şoxobça faoliyati 22 dekabrgaça yölga qöyilişi közda tutilgan.
“Bu nimani ta’minlaydi? Gaz zapravka öçgan vaqtida, biz quyiş şoxobçasidan 150 ta “köçma AGTKS”larni töldirgan holda, 5 mingdan 10 ming kub metrgaça gazni taşiy olamiz. Hozirgi kungaça bu tizim 14 ta metan-şoxobçada sinab körildi. [Beşariqdagi] quyadigan şoxobçasi 22 dekabrgaça işga tuşganidan keyin, Farğona vodiysida zaxira sifatida foydalaniladigan tizim joriy qilinadi”, – dedi Jörabek Mirzamahmudov.
















