Birinçi holatda, Kadastr agentligining Rişton tumani bölimi boş inspektori korrupsion xatti-harakat ustida uşlandi. Dastlabki suriştiruvga köra, u fuqaroga yaşaş hududida qöşimça yer maydoni qöşib olingani va özboşimçalik bilan quriliş qilingani uçun 84 million söm jarima solinişi mumkinligini aytgan. Şundan söng, boş inspektor fuqaroga “oson yöl”ni taklif qilib, unga jarima qöllamaslik va yerni qonuniylaştirib beriş evaziga 400 AQŞ dollari talab qilgan.
DXXning Farğona viloyati böyiça boşqarmasi va boşqa huquq-tartibot idoralari hamkorligida fuqaro arizasi asosida ötkazilgan tezkor tadbirda boş inspektor talab qilingan pulni öz xizmat joyi binosi oldida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Ikkinçi holatda, quriliş faoliyati bilan şuğullanuvçi xususiy korxona 2025 yil oktyabr oyida “Farğona suv quriliş invest” davlat muassasasining ma’muriy binosida 850 million sömlik mukammal ta’mirlaş işlarini amalga oşiriş böyiça ötkazilgan şaffof tenderda ğolib bölgan. Biroq uşbu muassasaning boş muhandisi va boşqa mansabdorlar özaro til biriktirib, ta’mirlaş işlarini boşlaşga ruxsat beriş evaziga korxona rahbaridan 5 500 AQŞ dollari talab qilgan.
Ötkazilgan tezkor tadbir çoğida ular 5 000 AQŞ dollarini olgan vaqtlarida uşlanib, noqonuniy xatti-harakatlari foş etildi.
Ayni paytda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












