Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi, Xiva va Urganch shaharlarining kanalizatsiya tarmoqlarini ta'mirlash uchun YeTTBdan qarz olinadigan bo‘ldi
Foto: O‘zA
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonning qator hududlaridagi infratuzilmani yaxshilash uchun 246,1 million dollar miqdorida mablag‘ ajratadigan bo‘ldi.
Tegishli shartnoma YeTTB va O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida 20 noyabr kuni Toshkentda, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi oraliq majlisi doirasida imzolandi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, mazkur mablag‘ quyidagicha taqsimlanadi:
- Navoiy IESdan Besopanda joylashgan 220 kv elektr uzatish tarmog‘ini ulash/uzish punktigacha 177 km uzunlikdagi elektr liniyasini qurish uchun ─ 96,1 mln AQSh dollari;
- Qarshi shahri kanalizatsiya tarmoqlarini ta'mirlash va qurilish ishlariga ─ 60 mln AQSh dollari;
- Urganch, Xiva va Pitnak shaharlari kanalizatsiya tizimlarini qayta ta'mirlash va qurilish ishlariga 90 mln AQSh dollari.
Qo‘shimcha qilish joiz, 21 noyabr kuni korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i YeTTBdan 40 mln dollargacha to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy sarmoya jalb etilayotgani haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
21:05 / 21.11.2025
Turizm qo‘mitasi tashkil etildi
22:01 / 22.10.2025
Xiva National Geographic tomonidan sayohat uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritildi
17:21 / 18.10.2025
Xivada «Gilamlar jilosi» xalqaro ko‘rgazmasi ochildi
13:15 / 14.10.2025