Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki Özbekistonning qator hududlaridagi infratuzilmani yaxşilaş uçun 246,1 million dollar miqdorida mablağ ajratadigan böldi.
Tegişli şartnoma YeTTB va Özbekiston Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi örtasida 20 noyabr kuni Toşkentda, Özbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengaşining ikkinçi oraliq majlisi doirasida imzolandi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, mazkur mablağ quyidagiça taqsimlanadi:
- Navoiy IESdan Besopanda joylaşgan 220 kv elektr uzatiş tarmoğini ulaş/uziş punktigaça 177 km uzunlikdagi elektr liniyasini quriş uçun ─ 96,1 mln AQŞ dollari;
- Qarşi şahri kanalizatsiya tarmoqlarini ta'mirlaş va quriliş işlariga ─ 60 mln AQŞ dollari;
- Urganç, Xiva va Pitnak şaharlari kanalizatsiya tizimlarini qayta ta'mirlaş va quriliş işlariga 90 mln AQŞ dollari.
Qöşimça qiliş joiz, 21 noyabr kuni korzinka.uz supermarketlar tarmoği YeTTBdan 40 mln dollargaça töğridan töğri xorijiy sarmoya jalb etilayotgani haqida ma'lum qildi.

















