Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘qoq va Qiziltog‘ga olib boruvchi yo‘lning bir qismida harakat cheklanadi
Parkent tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarning soni ortishi sabab 10-11-12-13 aprel kunlari Qiziltog‘ - Parkent - Yangibozor yo‘li 44- va 48-kilometr oraliqlarida avtomobillar harakati bir tomonlama tashkil etiladi. So‘qoqqa borganlar Toshkentga boshqa yo‘l bilan qaytadi.
Foto: IIB YHXB
Toshkent viloyati Parkent tumani So‘qoq va Qiziltog‘ qishloqlariga tashrif buyuruvchilar ko‘payishi munosabati bilan 4R15 yo‘lining bir qismida harakat bir tomonlama tashkil etiladi.
Viloyat IIB YHXB xabariga ko‘ra, tirbandliklar oldini olish maqsadida 10-11-12-13 aprel kunlari 4R15 Qiziltog‘ shahri -Parkent shahar - Yangibozor qishlog‘i avtomobil yo‘lining 44- va 48-kilometr oraliqlarida transport vositalarining harakati bir tomonlama tashkil etiladi.
Ushbu o‘zgarishda So‘qoq dam olish maskaniga borgan haydovchilar uchun ushbu yo‘lning 48 kilometrida Parkent shahriga avtomobil harakati to‘liq cheklanadi va Toshkent shahriga 4R16 Bardanko‘l qishlog‘i - Jumabozor qishlog‘i - Qiziltog‘ shahri avtomobil yo‘li orqali qaytish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
00:51 / 18.06.2025
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
12:00 / 14.06.2024
Dam olish kunlari So‘qoq va Chimyonga boruvchi yo‘llarda bir tomonlama harakat tashkil etiladi
08:55 / 15.04.2024
So‘qoqda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sel oqimlari yuzaga keldi
09:36 / 16.04.2023