Toşkent viloyati Parkent tumani Söqoq va Qiziltoğ qişloqlariga, şuningdek, Böstonliq tumani Çimyon qişloğiga taşrif buyuruvçilar köpayişi munosabati bilan 4R15 yölining bir qismida va 4R6 yölida harakat bir tomonlama taşkil etiladi.
Viloyat IIB YHXB xabariga köra, tirbandliklar oldini oliş maqsadida 16−17−18 iyun kunlari 4R15 Qiziltoğ şahri-Parkent şahri-Yangibozor qişloği avtomobil yöli 44- va 48-kilometr oraliqlarida transport vositalari harakati bir tomonlama taşkil etiladi.
Uşbu özgarişda Söqoq dam oliş maskaniga borgan haydovçilar uçun yölning 48-kilometrida Parkent şahriga avtomobil harakati töliq çeklanadi va Toşkent şahriga 4R16 Bardanköl qişloği-Jumabozor qişloği-Qiziltoğ şahri orqali qaytiş mumkin böladi.
Böstonliq tumaniga harakat 4R6 Toşkent-Çirçiq-Çimyon avtomobil yöli 57-kilometridan boşlab mazkur yölning 92-kilometrigaça, ya’ni 4R10 avtomobil yöli bilan tutaşgan joygaça bir tomonlama taşkil etiladi.











