Toşkent viloyatining Parkent tumani Krasnogorsk-Qiziltoğ şaharçasi aholisiga qulay va sifatli transport xizmatlari körsatişni taşkil etiş uçun 15 apreldan qator yönalişlarda avtobus qatnovlari yölga qöyildi. Bu haqda Toşkent şahar transport boş boşqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, Krasnogorsk—Söqoq—Çangi—Parkent, Krasnogorsk—Yangibozor—Toşkent hamda Krasnogorsk—Yangibozor—Nurafşon şahriga qatnaydigan, uzoq yillar davomida töxtab qolgan avtobus yönalişlari faoliyati qayta tiklandi.

VH-405-sonli Qiziltoğ qişloği—Parkent AŞB şahar atrofi avtobus yönalişi 3 ta harakat jadvallari bilan VH-390-sonli «Neviç» mahallasi—Rohat—Qöyliq 5-metro bekati (Qiziltoğ qişloği orqali) şahar atrofi avtobus yönalişi 7 ta harakat jadvallari bilan hamda VH-416-sonli Qiziltoğ qişloği—Nurafşon AşB şahar atrofi avtobus yönalişi 1 ta harakat jadvali bilan taşkil etildi.

Uşbu yönalişlarda faoliyat olib boriş vazifasi «Krasnogorsk Avto Xizmat» MÇJga yuklatildi. Hozirda yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanayotgan tadbirkor tomonidan har bir yönalişga 4 tadan transport ajratildi. Keyinçalik yölovçi oqimini hisobga olgan holda avtobuslar soni köpaytirilişi rejalaştirilgan.

Foto: Toşkent şahar transport boş boşqarmasi matbuot xizmati

«Uşbu yönalişlarda qatnovlar yölga qöyilişi natijasida yurtdoşlarimiz uçun turizm qişloği bölgan Krasnogorsk (Qiziltoğ)ga Toşkent şahri Qöyliq mavzesidan, Toşkent viloyatining ma’muriy markazi Nurafşon şahridan hamda Parkent tuman markazidan töğridan töğri avtobuslarda yetib oliş imkoniyati yaratildi», deyiladi xabarda.