Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi
Minsk shahrida (Belarus) kimyo fani bo‘yicha 52-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Olimpiada musobaqalarida 22 mamlakatdan 130 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Belarusdagi O‘zbekiston elchixonasi vakillari KUN.UZ'ga shu haqida xabar berishdi.
O‘zbekistonning viloyat va shahar musobaqalarida kimyo fanidan yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan 12 nafar maktab o‘quvchisi ushbu olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qildi.
Musobaqalar natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi a'zolari faxrli o‘rinlarni egallashdi. Dildora Hakimboyeva va Zebuniso Tursunova olimpiadaning kumush medali sohibi bo‘lishdi. Saida Ortiqboyeva, Islomjon Karimov, Ulugbek Boyirbekov, Jaloliddin Oloviddinov bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Olimpiada tashkilotchilari tomonidan tashkil etilgan madaniy tadbirlar, ekskursiyalar davomida ishtirokchilar Minsk shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishdi. O‘zbekistonlik o‘quvchilar dunyoning turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari bilan do‘stlik va hamkorlik aloqalari o‘rnatishdi.
Mavzuga oid
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
18:02 / 05.01.2026
O‘zbekistonda bir yilda 4 000 ta standart bekor qilindi
20:57 / 03.01.2026