Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Masjidlar, Haj va Umra ado qilganlar soni haqida ma’lumot berildi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga ko‘ra, O‘zbekistonda 2131 ta masjid (bir yil oldingiga nisbatan 13 taga ko‘p) va 197 ta noislomiy diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda. 2023 yilda 15 150 nafar o‘zbekistonlik Haj ziyoratiga, 43 mingdan ortiq vatandosh esa Umraga borgan.
Foto: Kun.uz
Bugungi kunda O‘zbekiston bo‘yicha 2131 ta masjid faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati rahbari Ilhom Ma’rupov ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, 2023 yilda 13 ta yangi masjid davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, 82 ta masjidda tubdan qayta qurish hamda 43 ta masjidda ta’mirlash ishlari yakunlangan.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda 197 ta noislomiy diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda. 2023 yilda Angren shahrida katolik cherkovi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Konfessiya vakillarining 50 dan ortiq respublika va xalqaro tadbirlarda ishtiroki ta’minlangan. Shuningdek, ularga 14 ta diniy bayramlarini o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, 2023 yilda o‘zbekistonliklarning 15 ming 150 nafari Haj, 43 mingdan ortig‘i Umra amalini ado etgan.
Avvalroq, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita AQSh O‘zbekistondagi diniy erkinlik holatini ijobiy baholagani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
23:09 / 15.04.2026
Saudiya Arabistonida Haj mavsumiga tayyorgarlik boshlandi. Nimalarni bilish kerak?
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:17 / 25.03.2026
272 ta masjidda favqulodda ogohlantirish uskunalari o‘rnatildi
11:22 / 24.03.2026