Jahon | 12:31 / 10.03.2019
7479
1 daqiqa o‘qiladi

Tunis sog‘liqni saqlash vaziri tug‘ruqxonada 11 nafar chaqaloq vafot etganidan so‘ng iste'foga chiqdi

Foto: ANSA

Tunis sog‘liqni saqlash vaziri Abdul Rauf ash Sharif mamlakat poytaxtidagi akusherlik va neonatologiya markazida bir sutkada 11 nafar chaqaloq vafot etganidan so‘ng iste'foga chiqdi. Bu haqda TAP agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mamlakat bosh vaziri Yusef Shahid vazirning iste'fosini qabul qilgan.

Shanba kuni Tunis sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakat poytaxtidagi akusherlik va neonatologiya markazida 7-8 mart kunlari 11 nafar chaqaloq o‘lik holda topilganini ma'lum qilgandi. Hozirda mazkur hodisa sabablarini aniqlash va aybdorlarni topish uchun maxsus komissiya ish boshlagan.

Agentlikning qayd etishicha, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, chaqaloqlar septik shok oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Mavzuga oid