O‘zbekiston | 14:09 / 13.08.2021
2517
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda 2 000 dollar evaziga fuqaroni OTMga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoroda OTMga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Buxoro shahrida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan N.O‘. o‘zga bir fuqaroni aldab, undan singlisi A.T.ni Buxoro davlat universitetining xorijiy filalogiya fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 2 000 AQSh dollari oladi. Firibgar olgan pulini shaharning “Karvon” buyum bozori oldida qaytarib berayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan N.O‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kiritishni va'da qilib, firibgarlik qilgan ikki nafar talaba qo‘lga olingandi.

Mavzuga oid