O‘zbekiston | 16:11 / 25.05.2018
11705
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya O‘zbekistonga pensiya tizimini isloh qilishda yordam ko‘rsatadi

Foto: Moliya vazirligi

Turkiya O‘zbekistonga pensiya tizimini isloh qilishda yordam beradi. O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sattorovning Turkiya ijtimoiy himoya raisi Jyevdat Jyeylan bilan uchrashuvida bu borada kelishuvga erishilgan.

«Pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha maxsus ishchi guruhini tuzish hamda o‘zaro hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishildi», - deyilgan Moliya vazirligi xabarida.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik mutaxassislar Anqaradagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o‘quv markazida (OECD) bo‘lishgan. U yerda «yashirin iqtisodiyot»ning davlat byudjyeti daromad qismiga ta'siri masalalarini o‘rganish bo‘yicha maxsus seminar o‘tkazilgan. 2018 yilda vazirlikning yana 600ga yaqin vakili shunday kurslarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid