Faqat 20 foiz nemislar «qora-qizil koalitsiya» deb ataluvçi hozirgi hukmron koalitsiya işidan mamnun. Unga Xristian-demokratik ittifoq (XDI), Xristian-sotsial ittifoq (XSI) va Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) kiradi. Bundan jamoatçilik-huquqiy ARD telekanali buyurtmasiga köra Infratest dimap instituti 1–3 dekabr kunlari ötkazgan Deutschlandtrend sönggi sörovnomasi natijalari guvohlik beradi. Unda Germaniyaning 1306 nafar yoşi katta fuqarosi iştirok etgan.

Taqqoslaş uçun: noyabrda e’lon qilingan sörovnoma hokimiyat işidan qoniqiş darajasini 22 foiz darajasida qayd etgan edi, hozir esa bu körsatkiç yana oktyabr oyida kuzatilgan rekord darajada pastga tuşib ketdi. Agar bundestagga saylovlar yaqinlaşayotgan dam oliş kunlarida bölib ötganida, hukmron koalitsiya jami 41 foiz ovoz töplagan bölar edi: 27 foiz respondentlar XDI/XSI blokini qöllab-quvvatlaşga tayyor, qolgan 14 foiz esa GSDP uçun ovoz bergan bölardi. Öta öng «Germaniya uçun muqobil» (GuM) partiyasi bunday şaroitda 25 foiz ovoz olgan bölar edi.

Federal kansler Fridrix Mers işidan bir oy ötişi bilan mamnun bölganlar soni ham kamayyapti — noyabrdagi 26 foiz örniga hozir 23 foiz. Vazirlar mahkamasi a’zolari orasida nemislar işonçiga eng köp sazovor bölayotgani mudofaa vaziri Boris Pistorius hisoblanadi — sörovda iştirok etganlarning 58 foizi uning işidan mamnun.

Germaniya fuqarolarining mutlaq köpçiligi — 90 foizi — mamlakat pensiya tizimining uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini pessimistik baholaydi, faqat 7 foiz kişi bu fikrga qöşilmaydi. Taxminan 80 foiz esa pensiya ta’minoti darajasidan, yuklamalarning keksalar va yoşlar örtasida, şuningdek yuqori va past maoş oluvçi nemislar örtasida taqsimlanişidan norozi.

81 foiz fuqaro pensiya yoşini 70 yoşgaça oşirişga qarşi. Deyarli şunça — 76 foiz — pensiya miqdorini örtaça maoşning 48 foizidan past darajaga tuşirişga qarşi. Hukumat pensiya miqdorini 2031 yilgaça aynan şu 48 foiz darajasida mustahkamlab qöymoqçi, jamiyat esa buni şu muddatdan keyin kamaytiriş rejasiga işora sifatida qabul qildi.

Şu bilan birga, sörovda iştirok etganlarning 78 foizi «faol pensiya» joriy etilişini qöllab-quvvatladi. Unga köra, pensiya yoşiga yetganidan keyin ham işlaşda davom etayotgan nemislar oyiga 2000 yevrogaça bölgan daromadidan soliq tölaşdan ozod etiladi.

Sörov şuni ham körsatdiki, Germaniya aholisining 66 foizi Rossiya va Ukraina 2026 yili tinçlik kelişuvi tuzişiga işonmaydi. 2024 yil yanvar oyida ötkazilgan sörov natijalari bilan soliştirilganda, bunday fikrdagilar uluşi 21 foiz punktga kamaygan. Şu vaqt içida uruş kelasi yili tugaşi mumkin, deb hisoblaydigan nemislar soni 9 foizdan 27 foizgaça oşgan.