Jahon | 15:11 / 24.04.2020
5070
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada Zoom orqali onlayn anjumanlar o‘tkazish taqiqlandi

Aprel boshlarida AQSh senati kongressi xodimlari senatorlardan xavfsizlik nuqtai nazaridan onlayn-majlislar va boshqa anjumanlar vaqtida Zoom videokonferensiyalar servisidan foydalanmaslikni so‘rashgandi. 

Foto: Allie Smith / Unsplash

Indoneziya mudofaa vazirligi milliy xavfsizlikka tahdid sababli Zoom platformasidan ish maqsadlarida foydalanishni taqiqladi. Bu haqda vazirlik bosh kotibi vitse-admiral Agus Setijiga tayanib The Jakarta Post gazetasi xabar berdi.

"Vazirlikning barcha tizim va bo‘linmalari ushbu servis orqali anjumanlar o‘tkazishni to‘xtatishi shart", - deb ta'kidlagan u. 

Vitse-admiralning so‘zlariga ko‘ra, "Zoom orqali o‘tkaziladigan anjumanlarni uchinchi tomon kuzatib turishi imkoniyati mavjud".

Aprel boshlarida AQSh senati kongressi xodimlari senatorlardan xavfsizlik nuqtai nazaridan onlayn-majlislar va boshqa anjumanlar vaqtida Zoom videokonferensiyalar servisidan foydalanmaslikni so‘rashgandi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Zoom ilovasidan foydalanishda ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid