O‘zbekiston | 10:09 / 27.07.2021
18291
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda o‘tgan bir kunda 789 kishida koronavirus, 521 kishida pnevmoniya aniqlandi – bu pandemiya davridagi antirekord

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda pandemiya boshlangandan beri koronavirusdan kunlik kasallanish bo‘yicha navbatdagi antirekord qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 26 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 125784 (+789) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 75 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 23 nafari Andijon viloyatida,
  • 16 nafari Buxoro viloyatida,
  • 79 nafari Jizzax viloyatida,
  • 25 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 16 nafari Navoiy viloyatida,
  • 32 nafari Namangan viloyatida,
  • 78 nafari Samarqand viloyatida,
  • 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 89 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 72 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 42 nafari Xorazm viloyatida,
  • 105 nafari Toshkent viloyatida,
  • 112 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 521 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Bu koronavirus holatlari bo‘yicha ham, pnevmoniya holatlari bo‘yicha ham (jami +1310) pandemiya davridagi eng yuqori kunlik ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Bundan avvalgi antirekord 24 iyul kuni qayd etilgan, 773 kishida koronavirus, 507 kishida pnevmoniya aniqlangandi (+1280).

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 92 nafar,
  • Andijon viloyatida 98 nafar,
  • Buxoro viloyatida 33 nafar,
  • Jizzax viloyatida 104 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 22 nafar,
  • Navoiy viloyatida 10 nafar,
  • Namangan viloyatida 20 nafar,
  • Samarqand viloyatida 120 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 28 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 72 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 65 nafar,
  • Xorazm viloyatida 40 nafar,
  • Toshkent viloyatida 61 nafar,
  • Toshkent shahrida 106 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 120320 (+871) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 845 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid