Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yashil iqtisodiyot»ga o‘tish bo‘yicha davlat strategiyasi ishlab chiqiladi
O‘zbekistonning Parij bitimiga qo‘shilishi munosabati bilan ekologik va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish bo‘yicha davlat strategiyasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
iqlim o‘zgarishiga qarshi tizimli kurashishning ilg‘or mexanizmlarini joriy qilish;
yashil iqlim jamg‘armasining resurslariga yo‘l ochish;
iqtisodiyotning barcha sohalariga, jumladan ishlab chiqarishga “yashil texnologiyalarni” joriy qilish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 iyul, ijro uchun mas'ullar - Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, TIV, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti.
Mavzuga oid
16:34 / 08.02.2025
«Soyali sayr ko‘chalari» tarmog‘i yaratiladi
18:30 / 20.11.2020
Senator: «Davlat dasturining qonun ustuvorligi va sud-huquq yo‘nalishida 10 tadan 4 ta band bajarilgan»
20:40 / 02.03.2020
O‘zbekistonda «Elektron parlament» tizimi joriy etiladi
14:40 / 29.10.2019