Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv faoliyati uch yo‘nalish bo‘yicha takomillashtiriladi
Prezident “Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Foto: KUN.UZ
Ichki ishlar organlari tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ga ko‘ra, ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv faoliyatini qator yo‘nalishlar bo‘yicha takomillashtirish mo‘ljallanmoqda.
Ular:
- uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizm, giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va ularning analoglari noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish chora-tadbirlari samaradorligini oshirish;
- axborot texnologiyalari va internet tarmog‘idan foydalanish sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish borasida tubdan yangi mexanizmlarni joriy etish;
- tezkor bo‘linmalar faoliyatini apparat-dasturiy ta'minlash, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish.
Amalga oshirish shakli - O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori loyihasi. Ijro muddati - 2021 yil 15 may, mas'ul ijrochilar - IIV (Sobirov, To‘raxo‘jayev), Bosh prokuratura (Valiyev), DXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov), Moliya vazirligi (Ishmetov).
Mavzuga oid
10:21 / 22.01.2025
Ichki ishlar organlarida ma’muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi
16:02 / 22.04.2024
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi
13:51 / 22.12.2023
IIO navbatchilik qismlarida fuqarolarni alkotester yordamida tekshirish tartibi e’lon qilindi
08:28 / 25.10.2023