“2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Viloyatlar markazlari va kriminogen vaziyat oğir tuman (şahar)lar mahallalarida profilaktika kiçik inspektori faoliyati yölga qöyiladi. Kiçik inspektor mehnat migrantlari, maktab bitiruvçilari va talabalar bilan işlaydi.
Içki işlar organlarida migratsion profilaktika bölinmalari, tumanlararo ma’muriy konvoy guruhlari taşkil qilinadi.
Sinov tariqasida kriminogen vaziyat oğir hududlardagi profilaktika bölinmalarida ma’muriy amaliyot guruhlari faoliyati yölga qöyiladi va ular jinoyat işi qözğatişni rad etişga oid hujjatlarni örganib, tarkibida ma’muriy huquqbuzarlik bölgan holatlar yuzasidan hujjatlarni rasmiylaştiradi.
Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yölga qöyiladi. Unga profilaktika (katta, kiçik) inspektorlari, xotin-qizlar masalalari böyiça, probatsiya, yöl harakati xavfsizligi va patrul-post xizmatlari inspektorlari hamda tezkor-qidiruv xizmati xodimi kiritiladi, Milliy gvardiya qöriqlaş bölinmalarining naryadlari xizmat olib borişi taşkil etiladi.
Natijada – 5 tagaça mahalla mikrohududga birlaştiriladi va jinoyatçilik oldini oliş böyiça tezkor harakatlaniş tizimi yaratiladi.

















