Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Jizzaxda butunlay yonib ketgan Nexia’da birgina kitob yonmagan
Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida 15 avgust kuni Samarqand shahrida yashagan Sh.R. Nexia rusumli avtomobilini «Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz» yo‘lining 996-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay, beton to‘siqqa borib urilgan.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligining o‘z saytida yozishicha, voqea tufayli haydovchi va uning rafiqasi halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida bir jihat barchani hayratiga sabab bo‘ldi: butunlay alanga ichida qolgan mashina ichida Qur'oni karim kitobi bus-butunligicha saqlanib qolgan.
Bildirilishicha, kitob mashina yukxonasida bo‘lgan. Yukxonadagi barcha boshqa buyumlar esa yonib ketgan.