Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vodiy boshqa hududlar bilan Bo‘ka-Guliston yo‘li orqali bog‘lanadi
Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqish to‘xtatilgani sababli, vodiy viloyatlari boshqa qulay yo‘nalishda Sirdaryo va Jizzax viloyatlari bilan bog‘lanadi.
Foto: KUN.UZ
Toshkent viloyati axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatidan safarga otlangan yengil avtomobillar Bo‘ka-Guliston yo‘li orqali respublikaning boshqa hududlari bilan bog‘lanishi mumkin.
Bundan avval, Transport vazirligi 2020 yilning 24 mart kuni soat 00:01dan boshlab, Toshkent shahriga kirish va undan chiqish harakati to‘xtatilishini ma'lum qilgandi.
Bunda, Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmasligi belgilandi.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash va koronavirus kasalligini respublika hududi bo‘ylab tarqalishi oldini olish maqsadida shunday qarorga kelingan.
Mavzuga oid
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026
12 yanvar kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi
18:27 / 10.01.2026