1 yilda 70 foizlik foyda va’dasi. “Treningchi” Islom Ibrohimov odamlarni qanday chuv tushirgan va hozir u qayerda?
ma’lum bo‘ldi. Xo‘sh, u odamlarni qanday qilib chuv tushirgan? Tarmoqdagi sahifasida Kanadada ekani haqida yozayotgan Ibrohimov chindanam ummon ortidami? Ushbu maqola va ko‘rsatuvda shular haqida batafsil bilib olasiz.
Soxta treningchi Islom Ibrohimov ko‘p miqdordagi firibgarlik jinoyatlarini sodir qilganlikda gumonlanib, qidiruvga berilganiIslom Ibrohimov kim o‘zi?
Bir muddat avval SUBeKTIV “biznes-trening” nomi ostida sotilayotgan kurslar hamda ular orasida o‘zi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatish orqali mijoz yig‘ayotganlar haqida maxsus ko‘rsatuv tayyorlagan edi. Unda Islom Ibrohimov faoliyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Mazkur ko‘rsatuvda Islom Ibrohimovga tegishli “IBRO BEST” qurilish firmasining faoliyati o‘rganilgandi. Ushbu firma tomonidan qurilgan, deb ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan obektlar butunlay boshqa hududda, boshqa quruvchi tashkilotlar tomonidan qurilgani fosh etilgan.
“IBRO BEST” qurilish firmasi menejyerlari bilan bog‘lanilganda esa jamiyatga investitsiya kiritish taklifini berishdan nariga o‘tishmagan. Ya’ni, Islom Ibrohimovning firmalari investitsiya kiritish evaziga yiliga yetmish foizdan foyda olish taklifi bilan allaqachon odamlarni cho‘v tushira boshlagan.
Shuningdek, SUBeKTIV loyihasida Islom Ibrohimov treningchi sifatida ancha tanilgani, biroq asoslanmagan faktlar bilan tinglovchilarni aldab kelayotgani ochib berilgandi.
U odamlarni qanday aldab kelgan?
Ushbu voqealar fonida Kun.uz’ga Ibrohimovning xatti-harakatlari bilan bog‘liq holatlar aks etgan materiallar kelib tusha boshladi.
Islom Ibrohimov odamlarning ishonchiga kirib, Buxoro shahridagi “Business Invest online school” rahbari sifatida mazkur jamiyatga sarmoya kiritishni so‘ragan. Evaziga 70 foiz foyda berishni va’da qilgan.
Jumladan, Toshkent shahri Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi Salimjanova 11 000 AQSh dollarni 70 foiz foyda olish maqsadida Ibrohimovga berganini aytmoqda. Ma’lum muddat o‘tgach, ayol o‘zining chuv tushganini bilib qoladi va huquq-tartibot idoralariga murojaat qiladi. Biroq bu paytga kelib Islom Ibrohimov allaqachon mamlakatni tark etgandi.
Kun.uz ixtiyoriga kelib tushgan audio va videoyozuvlardan bilish mumkinki, juda ko‘plab holatlarda “mijozlar” bevosita Islom Ibrohimovning o‘zi bilan telefon orqali muloqot qilgan va unga pul bergan.
Ayrim holatlarda esa uning vakillari kelib, unga ishongan fuqarolardan pullarni naqd holatda olib ketishgan.
Biroq mijozlar pulini so‘rab borganida “Yil yakunlanib qoldi, rejalarimiz buzilib ketdi, yangi biznes boshlayapman” kabi bahonalar bilan firmasiga “investitsiya kiritgan”larning pulini qaytarmagan.
Ibrohimov hozir qayerda?
Islom Ibrohimov ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalarida o‘zini ayni vaqtda Kanada davlatida ekanligini ma’lum qilgan. Turli ko‘ngilochar joylardan video va suratlar joylab bormoqda.
Kun.uz Islom Ibrohimovning o‘zi shaxsiy sahifasiga joylagan va go‘yoki Kanada davlatida ekanini ko‘rsatishga uringan ayrim video va suratlarni faktcheking qildi. Buni qarangki, u Kanada deb aytgan joylarning aksariyati Dubay shahrida bo‘lib chiqdi.
Masalan, e’lon qilgan videolaridan biridagi kadrda Ibrohimov AIGNER brendiga tegishli do‘kon yonidan o‘tib ketayotgani ko‘rinadi.
Qizig‘i, Kanada davlatida bu brendning rasmiy do‘koni mavjud emas. Videoda ko‘ringan do‘kon aynan Dubay shahridagi DUBAI OUTLET savdo markazida joylashgan.
“Oq Kiyimdagi rasmim 2023-yil, Bahor o‘rtalari Canadadagi holatim” degan izoh bilan telegram kanaliga qo‘yilgan rasmdagi joy esa Dubaydagi Mushrif bog‘i bo‘ladi.
Aytish mumkinki, katta ehtimol bilan Islom Ibrohimov bu safar ham o‘zi mijozlarini chalg‘itishga urinmoqda. U ayni vaqtda Kanada emas, Dubay shahrida yashab kelmoqda.
P/S: Amalda O‘zbekiston bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi shartnoma (Abu Dabi, 2014 yil 11 noyabr) mavjud. Unga ko‘ra, mazkur ikki davlat o‘rtasida bir tomon qidirilayotgan har qanday shaxsni tergovga tortish yoki hukmni ijro etish uchun boshqa tomonga ushlab berishga rozilik berilgan.
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov jinoyat ishi tergovi bilan bog‘liq ma’lumotlar OAVga berilmasligini ma’lum qildi.
Demakki, Islom Ibrohimovni xorijdan (katta ehtimol bilan BAAdan) olib kelish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilyaptimi yoki yo‘q, hozircha bila olmaymiz.
Bilganimiz shuki, 200 ga yaqin odamni qariyb 500 ming dollarga “uxlatib ketgan” shaxs maza qilib sayru sayohat qilib yuribdi.
Mavzuga oid
20:20 / 13.11.2024
Toshkentda EKU markazi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
07:46 / 07.11.2024
IIBB internetda firibgarlikning yangi ko‘rinishi avj olgani haqida ogohlantirdi
19:06 / 01.11.2024
Kiberxavfsizlik markazi Telegram orqali tarqalayotgan viruslardan ogohlantirdi
21:14 / 22.10.2024