Soxta treningçi Islom Ibrohimov köp miqdordagi firibgarlik jinoyatlarini sodir qilganlikda gumonlanib, qidiruvga berilgani ma’lum böldi. Xöş, u odamlarni qanday qilib çuv tuşirgan? Tarmoqdagi sahifasida Kanadada ekani haqida yozayotgan Ibrohimov çindanam ummon ortidami? Uşbu maqola va körsatuvda şular haqida batafsil bilib olasiz.
Islom Ibrohimov kim özi?
Bir muddat avval SUBeKTIV “biznes-trening” nomi ostida sotilayotgan kurslar hamda ular orasida özi haqida yolğon ma’lumot tarqatiş orqali mijoz yiğayotganlar haqida maxsus körsatuv tayyorlagan edi. Unda Islom Ibrohimov faoliyatiga ham alohida töxtalib ötilgan.
Mazkur körsatuvda Islom Ibrohimovga tegişli “IBRO BEST” quriliş firmasining faoliyati örganilgandi. Uşbu firma tomonidan qurilgan, deb ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirilgan obektlar butunlay boşqa hududda, boşqa quruvçi taşkilotlar tomonidan qurilgani foş etilgan.

“IBRO BEST” quriliş firmasi menejyerlari bilan boğlanilganda esa jamiyatga investitsiya kiritiş taklifini berişdan nariga ötişmagan. Ya’ni, Islom Ibrohimovning firmalari investitsiya kiritiş evaziga yiliga yetmiş foizdan foyda oliş taklifi bilan allaqaçon odamlarni çöv tuşira boşlagan.
Şuningdek, SUBeKTIV loyihasida Islom Ibrohimov treningçi sifatida ança tanilgani, biroq asoslanmagan faktlar bilan tinglovçilarni aldab kelayotgani oçib berilgandi.
U odamlarni qanday aldab kelgan?
Uşbu voqealar fonida Kun.uz’ga Ibrohimovning xatti-harakatlari bilan boğliq holatlar aks etgan materiallar kelib tuşa boşladi.
Islom Ibrohimov odamlarning işonçiga kirib, Buxoro şahridagi “Business Invest online school” rahbari sifatida mazkur jamiyatga sarmoya kiritişni söragan. Evaziga 70 foiz foyda berişni va’da qilgan.
Jumladan, Toşkent şahri Olmazor tumanida istiqomat qiluvçi Salimjanova 11 000 AQŞ dollarni 70 foiz foyda oliş maqsadida Ibrohimovga berganini aytmoqda. Ma’lum muddat ötgaç, ayol özining çuv tuşganini bilib qoladi va huquq-tartibot idoralariga murojaat qiladi. Biroq bu paytga kelib Islom Ibrohimov allaqaçon mamlakatni tark etgandi.
Kun.uz ixtiyoriga kelib tuşgan audio va videoyozuvlardan biliş mumkinki, juda köplab holatlarda “mijozlar” bevosita Islom Ibrohimovning özi bilan telefon orqali muloqot qilgan va unga pul bergan.
Ayrim holatlarda esa uning vakillari kelib, unga işongan fuqarolardan pullarni naqd holatda olib ketişgan.
Biroq mijozlar pulini sörab borganida “Yil yakunlanib qoldi, rejalarimiz buzilib ketdi, yangi biznes boşlayapman” kabi bahonalar bilan firmasiga “investitsiya kiritgan”larning pulini qaytarmagan.
Ibrohimov hozir qayerda?
Islom Ibrohimov ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalarida özini ayni vaqtda Kanada davlatida ekanligini ma’lum qilgan. Turli köngiloçar joylardan video va suratlar joylab bormoqda.

Kun.uz Islom Ibrohimovning özi şaxsiy sahifasiga joylagan va göyoki Kanada davlatida ekanini körsatişga uringan ayrim video va suratlarni faktçeking qildi. Buni qarangki, u Kanada deb aytgan joylarning aksariyati Dubay şahrida bölib çiqdi.
Masalan, e’lon qilgan videolaridan biridagi kadrda Ibrohimov AIGNER brendiga tegişli dökon yonidan ötib ketayotgani körinadi.

Qiziği, Kanada davlatida bu brendning rasmiy dökoni mavjud emas. Videoda köringan dökon aynan Dubay şahridagi DUBAI OUTLET savdo markazida joylaşgan.


“Oq Kiyimdagi rasmim 2023-yil, Bahor örtalari Canadadagi holatim” degan izoh bilan telegram kanaliga qöyilgan rasmdagi joy esa Dubaydagi Muşrif boği böladi.
Aytiş mumkinki, katta ehtimol bilan Islom Ibrohimov bu safar ham özi mijozlarini çalğitişga urinmoqda. U ayni vaqtda Kanada emas, Dubay şahrida yaşab kelmoqda.
P/S: Amalda Özbekiston bilan Birlaşgan Arab Amirliklari örtasida uşlab beriş töğrisidagi şartnoma (Abu Dabi, 2014 yil 11 noyabr) mavjud. Unga köra, mazkur ikki davlat örtasida bir tomon qidirilayotgan har qanday şaxsni tergovga tortiş yoki hukmni ijro etiş uçun boşqa tomonga uşlab berişga rozilik berilgan.
Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov jinoyat işi tergovi bilan boğliq ma’lumotlar OAVga berilmasligini ma’lum qildi.
Demakki, Islom Ibrohimovni xorijdan (katta ehtimol bilan BAAdan) olib keliş böyiça çora-tadbirlar körilyaptimi yoki yöq, hozirça bila olmaymiz.
Bilganimiz şuki, 200 ga yaqin odamni qariyb 500 ming dollarga “uxlatib ketgan” şaxs maza qilib sayru sayohat qilib yuribdi.











