Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
Xo‘jaobod tumanidagi kiyim bozorida rasta qulab tushish oqibatida bir sotuvchi jarohatlandi. Tuman hokimligi holatga rasta qo‘lbola usulda qurilgani va ortiqcha kiyimlar ilingani sabab bo‘lganini bildirgan. Tarqalgan videolarda bozor ma’muriyati sharoit yaratib bermayotganidan shikoyat qilingan.
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi kiyim-kechak bozorida rasta qulab tushgani aks etgan video tarqaldi. Tarqalgan xabarlarda rastalar juda eski holatda bo‘lgani, ma’muriyat sharoit yaratib bermayotgani va u bir kishining ustiga qulab tushgani aytiladi.
Xo‘jaobod tumani hokimligi ma’lum qilishicha, voqea yuzasidan mas’ullardan iborat tezkor ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilgan. Hodisa 21 dekabr kuni soat 11:00 atrofida tuman buyum bozori hududida sodir bo‘lgan.
Xabarda tadbirkorning do‘kon oldiga qo‘lbola usulda qurib olgan rastasi talabga javob bermagani, uning yuqori qismiga keragidan ortiq og‘ir (qishki) kiyimlar ilingani oqibatida qulab tushgani ta’kidlangan.
Oqibatda o‘sha tadbirkorning o‘zi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
«Hozirda tan jarohati olgan tadbirkorning ahvoli yaxshi. Boshqa jabrlanuvchilar aniqlanmagan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026
Andijondagi yashirin dori sexlaridan 10 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar musodara qilindi
16:36 / 21.03.2026