Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Virus chiqqan tadbirkorlik sub'yektlarida karantin xarajatlari tadbirkorga yuklanishi bo‘yicha izoh berildi
«Maqsad – faoliyatiga ruxsat berilgan sub'yektlarning mas'uliyatini oshirish», deya ta'kidladi Nurmat Otabekov.
15 iyundan boshlab, tadbirkorlik sub'yektlarida sanitariya talablariga rioya etmaslik oqibatida koronavirus aniqlangan taqdirda, ushbu obektlarni va shaxslarni karantinga olish bilan bog‘liq xarajatlar mazkur sub'yektlar hisobidan qoplanishi belgilandi.
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovning izohlashicha, buning asosiy sababi – «yashil» va «sariq» hududlarda joylashgan qurilish, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlik sub'yektlari mas'uliyatni to‘liq his qilishi va karantin tadbirlariga rioya etishiga erishish bilan bog‘liq.
«Bu kabi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan paytda, albatta, xodimlari doka niqobda bo‘lishini ta'minlasin. Umumiy ovqatlanish muassasalarida xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning qo‘lqopda va doka niqobda bo‘lishi ta'minlansin. Mijozlari oraliq masofa saqlashga rioya etishini nazorat qilsin. Har bir mijozdan keyin stol ustini dezinfeksion vositalar bilan ishlov berilsin», – dedi Otabekov 15 iyun kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda.
Bosh davlat sanitariya inspektori koronavirusga chalinganlarni karantinda saqlash, davolash, reabilitatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarning barchasi bunga qadar to‘liq davlat budjeti hisobidan qoplab kelinganini eslatib o‘tdi.
Ta'kidlanishicha, yangi tartib asosida respublikada og‘ir mehnatlar evaziga jilovlangan epidemik vaziyatni murakkablashtirib yubormaslik, yana karantin va cheklov tadbirlarining qattiq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsad qilingan.
Nurmat Otabekov koronavirus aynan qaysidir tadbirkorlik sub'yektida yuqqanini qanday isbotlash mumkinligiga oid masalaga ham izoh berdi.
«Epidemiologik surishtiruvlar paytida barcha imkoniyatlar ishga solinadi. Avvalo, kasallik qayerda yuqqani gumon qilinadi. So‘ng bu gipoteza tasdiqlanishi kerak bo‘ladi.
Tadbirkorlik sub'yektiga kasallik yuqtirgani aybini qo‘yish asosiy maqsad emas. Tadbirkorlik sub'yektlari kasallik yuqtirish uchun shart-sharoit yaratib bermaganini isbotlash imkoniga ega. Buni sanitariya holatini nazorat qilib turadigan mas'ullar ham ko‘rishi mumkin», – dedi Otabekov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, har bir tadbirkorlik sub'yektiga bitta sanitariya vrachini nazorat qilish uchun biriktirishning imkoni yo‘q. Shuning uchun tadbirkorlik sub'yektlari egalari videokuzatuv kameralaridan foydalanishi maqsadga muvofiq.
«Eng asosiysi, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyat boshlashiga ruxsat berilishidan to‘g‘ri xulosa chiqarib, ish faoliyatiga mas'uliyat bilan yondashishlari lozim», – dedi Bosh davlat sanitariya inspektori.
Mavzuga oid
11:13 / 17.11.2025
YaTTlarning firma nomiga ega bo‘la bo‘lishiga ruxsat beriladi
10:12 / 17.11.2025
1 yanvardan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tizimi ishga tushadi
15:14 / 03.11.2025
Energetiklarning xatosi tufayli tadbirkorga qariyb 1,1 mlrd so‘m ortiqcha to‘lov hisoblandi
13:12 / 01.11.2025