Sport | 07:25 / 27.04.2019
29501
1 daqiqa o‘qiladi

Murodjon Ahmadaliyev sobiq chempionni nokautga uchratib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi

Foto: Matchroom Boxing

Professional boksning ikkinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,34 kg) ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (6-0, 5 KO) navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Inglvud shahridagi Forum saroyida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Murodjon Ahmadaliyevga meksikalik sobiq chempion, jahon chempionligi kamari da'vogari Karlos Karlson (23-6, 14 KO) raqiblik qildi.

8 raundga mo‘ljallangan reyting jangida Murodjon Ahmadaliyev to‘liq ustunlik ega bo‘ldi va 3-raund tugashiga 9 soniya qolganida raqibini nokautga uchratdi.

Foto: Matchroom Boxing

Endilikda Ahmadaliyev jahon chempionligi uchun kechadigan jangidan oldin yana bir nokautni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

 

Mavzuga oid