Yangi turar joylarga navbatlarning shaffofligini oshirish taklif etildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida yangi turar joylarga navbatlarning shaffofligini ta'minlash haqida petitsiya e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini yanada oshishiga xizmat qilmoqda.
“Islohot va o‘zgarishlar qilinishi lozim bo‘lgan yana bir masala, bu ham bo‘lsa uy-joyga navbatlarning shaffofligi bilan bog‘liq masaladir. Hozirgi kunda respublikamizning barcha hududlarida yosh oilalar, aholining turli qatlamlari uchun yangi turar joy komplekslari barpo etilmoqda. Ana o‘sha uy-joylarga navbatlarning shaffofligi ta'minlanmagan. Natijada navbatlarning sun'iy o‘zgarishi, ortiqcha ovoragarchiliklar, hokimiyat binolariga qatnab asabiylashish kabi holatlar barchaning dilini xira qilmoqda”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Shu sababli, mahalliy hokimiyat - tuman va shahar hokimliklari rasmiy veb-saytlarida yangi turar joylarga navbatlarni elektron tarzda kuzatish imkonini beradigan onlayn platformani tashkil etish taklif qilingan.
Mavzuga oid
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi
17:16 / 02.08.2024
Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda faol qatnashgan markazlar 30 million so‘mgacha mukofotlanadi
08:34 / 16.05.2024