Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatiga bir maromda tabiiy gaz yetkazib berishning texnik imkoniyatlari kafolatlanadi
Foto: O‘ztransgaz
2010 yilda foydalanishga topshirilgan diametri 1020 mm, uzunligi 39.1 km bo‘lgan “Rishton shahar aylanmasi” magistral gaz quvuri Farg‘ona viloyati aholisi hamda ulgurji iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib beradigan yagona tarmoq hisoblanadi.


Ushbu magistral gaz quvurida ta’mirlash yoki favqulodda holatlar yuz bergan holatlarda viloyatni bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha muammolar yuzaga kelishi mumkin edi. Muammoning oldini olish maqsadida Energetika vazirligi, “O‘ztransgaz” AJ hamda Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida ushbu tarmoqqa parallel ravishda diametri 720 mm bo‘lgan qo‘shimcha 2-tarmoqni qurish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha avvalida “O‘ztrangaz” AJ hamda tegishli idoralar mas’ullari birgalikda ulanish nuqtalarining joylarini aniqlash, muhofaza maydonida joylashgan obektlarni xavfsiz joyga ko‘chirish, magistral yo‘llar bilan kesishgan joylardan quvurni olib o‘tish bo‘yicha muammoli masalalarni hal qildi.


Ayni kunlarda mazkur quvurni qurish ishlari yakuniy bosqichda. So‘nggi bosqichda quvur yo‘li va muhofaza maydonlariga tushib qolgan qurilmalarni xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari amalga oshirilyapti.
2023 yil yanvar oyi oxiriga qadar yangi quvurlar tarmog‘ini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:58 / 24.01.2024
“O‘ztransgaz” AJ 2023 yildagi faoliyati yakunlarini e’lon qildi
11:00 / 10.12.2023
Elektr va issiqlik ta’minoti uchun mas’ul bo‘lgan ikki muhim obektga tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyatlari yaxshilandi
15:00 / 29.09.2023
"O‘ztransgaz" AJ yangi gaz o‘lchov stansiyasini qurib bitkazdi
16:29 / 18.09.2023