Buxoro shahri va tumanidagi 30 ming aholi xonadoni hamda 17 ta sanoat korxonasining tabiiy gaz ta’minoti yaxshilandi.
“O‘ztransgaz” AJ tomonidan 2018 yil ishga tushirilgan “Sheyxoncha” gaz taqsimlash stansiyasida olib borilgan modernizatsiya ishlari natijasida “Aksa Energi” elektr stansiyasi uchun yana 1ta qo‘shimcha tarmoq qurilib, ularning soni 3taga yetkazildi. Endilikda aholi va sanoat korxonalariga alohida tartibda tabiiy gaz uzatilyapti. Bu esa mahalliy aholining barqaror tabiiy gaz ta’minotini kafolatlashi bilan ahamiyatli.

Surxondaryoning 6 hududida tabiiy gaz uzluksizligi ta’minlandi
Termiz shahri hamda Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Sherobod tumanlari iste’molchilarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlash maqsadida “O‘ztransgaz” AJ tomonidan “Termiz” magistral quvuriga parallel ravishda 46,5 km uzunlikdagi “Termiz-2” magistral quvurini qurish loyihasining 31 km qismi ishga tushirildi. Natijada 62 mingdan ortiq aholi xonadoni hamda mingdan ziyod ulgurji iste’molchilarni 2024-2025 yil kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Oqqo‘rg‘onda 6 mingga yaqin xonadon va ulgurji iste’molchilari uchun alohida tarmoq qurildi
Oqqo‘rg‘on tuman aholisiga tabiiy gaz “Bo‘ka” gaz taqsimlash stansiyasidan berilgan. 19 mingdan ortiq iste’molchisi bo‘lgan hudud uchun esa bu muammo edi. Energetika vazirligi topshirig‘iga ko‘ra, “O‘ztransgaz” AJ tomonidan “Olimkent Avto Reys” Gsga qurib bitkazilgan yangi tarmoqqa Oqqo‘rg‘onning “Sultonobod”, “S.Tegizboyev”, “S.Rahimov”, “Qo‘rg‘oncha”, “Birlik” va “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 5640 ta aholi xonadoni hamda 147 ta ulgurji iste’molchi o‘tkazildi. Natija esa raqamlarda: gaz uzatish masofasi 16 kilometrga qisqargan, bosim ikki barobarga ortgan.

Vodiyda nima gaplar...
Vodiy aholisini tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlash maqsadida 2023 yilda gazni yer ostida saqlash ombori hajmini oshirishga qaratilgan loyiha doirasida 6 ta quduq burg‘ilandi. Mazkur loyiha yakunlanishi bilan ombordan kunlik tabiiy gaz olish hajmi 9 ming metr kubdan 12 ming metr kubgacha yetkaziladi.



















