Elektr va issiqlik ta’minoti uchun mas’ul bo‘lgan ikki muhim obektga tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyatlari yaxshilandi

Foto: «O‘ztransgaz» AJ
Ayni kunlarda O‘zbekistonda sovuq ob-havo hukmron. Bunday paytda aholi va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlash energetika tizimi tashkilotlari, xususan, «O‘ztransgaz» AJ oldidagi asosiy vazifalardan sanaladi.
«Shu maqsadda, elektr va issiqlik ta’minoti uchun mas’ul tashkilotlarga bir maromda, yo‘qotishlarsiz, belgilangan hajmda tabiiy gaz yetkazib berish maqsadidagi chora-tadbirlar ayni kunlarda ham davom etmoqda.
Jumladan, Toshkent issiqlik markazi faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida olovli ishlar amalga oshirildi. 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida «Binokor» gaz taqsimlash stansiyasidan Toshkent issiqlik markazi tarmog‘iga belgilangan prognozga nisbatan kam tabiiy gaz yetkazib berilgan. Buning asosiy sababi esa tarmoqda boshqa iste’molchilarning mavjudligi edi», deyiladi «O‘ztransgaz» xabarida.
Shu kunlarda «O‘ztransgaz» AJ tomonidan olib borilgan ishlar natijasida issiqlik ta’minoti tarmog‘i boshqa iste’molchilardan ajratilib, issiqlik markaziga ko‘proq hajmdagi tabiiy gaz yetkazib berish, shu orqali uning faoliyatini yanada yaxshilash imkoniyati yaratildi.
Avval xabar berilganidek, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi qurildi. Ayni obektni tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida joriy yilda «Shirin» gaz taqsimlash stansiyasida qator tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, diametri 1020 mm bo‘lgan 4,7 kilometr uzunlikdagi gaz quvuri qurildi, stansiyaning loyihaviy quvvati oshirildi. Shuningdek, issiqlik elektr stansiyasi uchun joriy yilda 2 ta gaz tozalash uskunasi, 2 ta gaz bosimini rostlovchi qurilma, diametri 400 mm bo‘lgan 3 ta gaz o‘lchov moslamasi, yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sifatini yanada yaxshilash maqsadida qo‘shimcha ravishda 2 dona tabiiy gazni yuqori darajada tozalovchi qurilma o‘rnatildi.
Hozirgi kunda mazkur IYeSga bir maromda va sifatli tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha barcha ishlar yakunlangan. Bu tadbirlar kuz-qish mavsumida tabiiy gaz uzatishda barqarorlikka xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov
Jahon | 21:00 / 31.03.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi
Sport | 02:38
-
NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi
Fan-texnika | 01:07
-
Atlantika okeanida 6,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
Jahon | 00:35
-
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi
Jahon | 23:40 / 02.04.2025
Mavzuga oid

17:22 / 02.04.2025
Ijtimoiy og‘ir 300 ta mahallada kichik quvvatli fotoelektr stansiyalari quriladi

11:51 / 28.03.2025
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi

20:39 / 26.03.2025
Prezident tabiiy gaz va elektrni iqtisod qilish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi

19:06 / 03.03.2025