2010 yilda foydalanişga topşirilgan diametri 1020 mm, uzunligi 39.1 km bölgan “Rişton şahar aylanmasi” magistral gaz quvuri Farğona viloyati aholisi hamda ulgurji iste’molçilariga tabiiy gazni yetkazib beradigan yagona tarmoq hisoblanadi. 

Uşbu magistral gaz quvurida ta’mirlaş yoki favqulodda holatlar yuz bergan holatlarda viloyatni bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlaş böyiça muammolar yuzaga kelişi mumkin edi. Muammoning oldini oliş maqsadida Energetika vazirligi, “Öztransgaz” AJ hamda Farğona viloyati hokimligi hamkorligida uşbu tarmoqqa parallel ravişda diametri 720 mm bölgan qöşimça 2-tarmoqni quriş işlari olib borilmoqda.

Loyiha avvalida “Öztrangaz” AJ hamda tegişli idoralar mas’ullari birgalikda ulaniş nuqtalarining joylarini aniqlaş, muhofaza maydonida joylaşgan obektlarni xavfsiz joyga köçiriş, magistral yöllar bilan kesişgan joylardan quvurni olib ötiş böyiça muammoli masalalarni hal qildi.

Ayni kunlarda mazkur quvurni quriş işlari yakuniy bosqiçda. Sönggi bosqiçda quvur yöli va muhofaza maydonlariga tuşib qolgan qurilmalarni xavfsiz joyga köçiriş işlari amalga oşirilyapti. 

2023 yil yanvar oyi oxiriga qadar yangi quvurlar tarmoğini foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.

"Öztransgaz" AJ Axborot xizmati Ⓣ