Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Amirsoy" tog‘-chang‘i kurorti bo‘sh ish o‘rinlari haqida e'lon qiladi
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov joriy yilning dekabr oyida jahon miqyosidagi "Amirsoy" tog‘-chang‘i kurortining birinchi bosqichi ilk mehmonlarini qabul qilishi haqida ma'lum qilgan edi.

"Amirsoy" tog‘-chang‘i kurorti quyidagi vakansiyalarga ishchilarni qabul qilishi haqida e'lon qiladi:
- kanat yo‘li operatorlari;
- tog‘ patruli;
- omborchi;
- qor tozalash texnikasi operatorlari;
- kassachi-sotuvchilar;
- tog‘ chang‘ilari bo‘yicha instruktor;
- mexaniklar;
- elektriklar;
- qutqaruvchilar (suzuvchilar);
- tozalovchilar;
- tozalash va obodonlashtirish ishlarini bajaruvchilar;
- ofitsiantlar;
- oshpaz yordamchilari;
- idish yuvuvchilar.
«Amirsoy» tog‘-chang‘i kurorti Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi 900 ga maydonni egallab, turli murakkablikdagi tog‘-chang‘i qorli trassalari tarmog‘ini yaratishni ko‘zda tutmoqda. Trassalarning umumiy uzunligi 21,3 km bo‘lib, shuningdek 7 osma dor yo‘li (kanat), snoubord parki, sport maktabi va boshqa kurort infratuzilmasi yaratilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 100 million yevrodan ortiqni tashkil qilmoqda.

2018 yilning dekabr oyida ekspluatatsiyaga topshirilishi rejalashtirilayotgan birinchi bosqich 3 km'dan ortiq ikki osma dor yo‘li, umumiy uzunligi 12,3 km'ga teng 13 tog‘-chang‘i trassasi, ikki sun'iy ko‘l, vertolyot maydoni, sun'iy qor hosil qiluvchi tizimlar, qishki tyubing, 21 tuzilmadan iborat shaharcha, ikki restoran, instruktorlik maktabi, tog‘-chang‘i jihozlari ijara punktlarini o‘z ichiga olgan ko‘p funksiyali markaz va boshqa muhandislik-kommunikatsion inshootlarining qurilishini nazarda tutadi. Yuqoridagi maqsadlar uchun 30 million yevroga yaqin mablag‘ yo‘naltirilgan. Tog‘-chang‘i kurorti faoliyati uchun 300 dan ortiq ishchi o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
15:09 / 07.01.2026
Ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar soni oshiriladi
16:54 / 25.12.2025
6000 funt oylik, qalbaki taklifnoma va g‘oyib bo‘lgan «menejer». Soxta ish e’lonlari ortidagi firibgarlik sxemasi
20:21 / 27.11.2025
Ish samaradorligini pasaytiruvchi 5 omil
15:41 / 13.11.2025