O‘zbekiston | 13:30 / 26.10.2017
13247
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston mintaqadagi suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha yangi davrni boshladi 

Foto: Sputnik

O‘zbekiston trans-chegaraviy foydalanishda bo‘lgan Markaziy Osiyo suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun muzokaralarning yangi bosqichini boshlab berdi. Jamestown Foundation e'lon qilgan tahlilga ko‘ra, mamlakat Tashqi ishlar vazirligi yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini rivojlantirish bilan birga, mavjud suv resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha turli yechimlarni taklif etmoqda.

Unga ko‘ra, Toshkent va Bishkek o‘rtasida erishilgan «Qambar-Ota 1» gidroelektrostansiyasini qurish va undan birgalikda foydalanish shartnomasi hal etilmay qolayotgan mintaqaviy ziddiyatlarni yumshatmoqda. Ta'kidlash joizki, Norin daryosi suv resursidan foydalangan holda «Qambar-Ota 1» GESda 1960 megavattgacha elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Tadqiqot markazining fikricha, O‘zbekiston ratsional qaror qabul qilib, tugallanmay qolgan loyihani qaytadan ishga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan avval, rasmiy Toshkent inshoot qurilishiga Orol dengizidagi vaziyat tufayli rozilik bermay kelgan bo‘lsa, endilikda bu loyihadan ikki mamlakat ham birdek foydalanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan BMT shafeligida Samarqand shahrida tashkil etiladigan xalqaro konferensiyada ham suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Mavzuga oid