Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Benzin ishlab chiqarish kamaydi
Foto: TASS
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-oktabr oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaydi.
Qayd etilishicha, 2018 yilning shu davrida 966,8 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 839,5 ming tonna.
Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi. 2018 yilda 900,1 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 839,2 ming tonna.
Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019 yil yanvar-oktabr oylarida neft qazib olishni 2018 yilning shu davriga nisbatan (624,3 ming tonna) qisqartirdi - 584,1 ming tonnagacha.
2019 yil yanvar-oktabr oylarida tabiiy gaz qazib olish qariyb 49,3 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (49,8 milliard kub metr).
2019 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 1,73 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (1,77 million tonna).
Mavzuga oid
17:05 / 22.05.2026
Kasblar kesimida oyliklar qanday o‘zgaryapti?
09:37 / 19.05.2026
O‘zbekistonga eng ko‘p Rossiyadan ko‘chib kelinmoqda
09:31 / 16.05.2026
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan erkaklar soni ko‘proq - statistika
22:31 / 05.05.2026