Vodiy viloyatlarini bog‘lovchi halqa temir yo‘l quriladi
Vagonlar konditsionerlar va USB-kabellar bilan jihozlanishi, yo‘lkira narxi 5 ming so‘mdan 45 ming so‘mgacha bo‘lishi ma'lum qilindi.
Farg‘ona vodiysi bo‘ylab uzunligi 331 km bo‘lgan halqa temir yo‘l qurilib, elektropoyezdlar harakati qo‘yiladi. Bu haqda Xalqaro press-klubning 7 iyun kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tgan sessiyasida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Qo‘qon – Marg‘ilon – Andijon – Namangan – Qo‘qon» yo‘nalishida harakatlanish ekspress elektropoyezdida, «Qo‘qon – Namangan – Andijon – Qo‘qon» yo‘nalishida esa oddiy elektropoyezdda yo‘lga qo‘yiladi.
Ekspress elektropoyezd 5ta bekatda, oddiy elektropoyezd 35ta bekatda to‘xtaydi.
Ekspress bir doira yo‘lga 5 yarim soat sarflasa, oddiy elektropoyezd 7 yarim soat sarflaydi.
Yillik potensial yo‘lovchi oqimi ekspress elektropoyezdda 214 mingdan 429 ming kishigacha, oddiy elektropoyezdda 429 mingdan 858 ming kishigacha bo‘lishi kutilmoqda.
Yo‘lkira narxi 5 ming so‘mdan 45 ming so‘mgacha bo‘ladi.
Poyezdlar konditsionerlar, USB-kabellar, Wi-Fi, bufet, moto-velosipedlar uchun maxsus joylar, biohojatxona kabilar bilan ta'minlanadi.
Dastlabki qiymati 45 mln dollar bo‘lgan loyiha DXSh asosida amalga oshiriladi. Loyiha bir yildan kamroq vaqt ichida - 2021 yil birinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan.
Qo‘qonda logistika markazi quriladi
Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi qoshida, 23 gektar maydonda yangi multimodal logistika markazi tashkil etiladi.
Logistika markazida 10 ming kv.m yopiq ombor, 3 ming kv.m. sovutgichli ombor, o‘zgarmas yuklar uchun 30 ming kv.m maydonda ochiq ombor, 27 ming kv.m konteynerlar uchun ochiq maydon barpo etiladi.
Logistika markazi 12,2 million dollar evaziga bunyod etiladi.
Majmua 200dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratishi bilan birga, yiliga 200 mingta konteyner va 10 million tonna yuk bilan ishlash quvvatiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:53
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
11:20
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
19:02 / 21.11.2024
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
11:28 / 21.11.2024