Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil oxirigacha Farg‘onada 4 ming km yo‘l ta'mirlanadi, Oltiariq uzumchilikka ixtisoslashtiriladi
Bugun, 7 iyun kuni Xalqaro press-klubning Farg‘onadagi sayyor sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan ayrim raqam va ma'lumotlar e'lon qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri Farg‘onadan xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2020 yilda Inqirozga qarshi kurashish fondi, davlat budjeti va Jahon banki mablag‘lari hisobidan Farg‘ona viloyatida 4 ming km.dan ortiq yo‘llar ta'minlanadi. Ulardan:
- 200 km.dan ortig‘i xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar;
- 870 km.dan ortig‘i respublika ahamiyatidagi yo‘llar;
- 3 ming km.dan ortig‘i mahalliy ahamityadagi yo‘llar va boshqalar.
Ta'mirlash ishlari geoto‘r, geotekstil, geopanjara, geomembrana va boshqa innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladi. Bunday texnologiyadan avval Xorazm, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida foydalanilgan.
Shuningdek, Oltiariq tumanini 2024 yilgacha uzumchilikka ixtisoslashtirish hisobiga:
- 12 ming kishini ish bilan ta'minlash;
- Uzumzorlar maydonini 3 ming gektarga yetkazish;
- 160 ming tonna hosil olish;
- 170 million dollarlik 110 ming tonna uzum eksport qilish mo‘ljallanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Oltiariq tumani to‘liq uzum yetishtirishga ixtisoslashtirilishi 2019 yil may oyida ma'lum bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
16:10 / 11.03.2026
“Daraxtlarni asrash uchun chorvalarimgacha sotdim” – vodiyda bog‘bonlar sovuqdan qanday himoyalanmoqda?
08:21 / 11.03.2026
Farg‘onada noqonuniy ravishda olib chiqilishi rejalashtirilgan oltin musodara qilindi
19:50 / 10.03.2026
Farg‘onada suv ta’minoti xodimi kaltaklandi
09:23 / 10.03.2026