Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oilaviy bog‘chaga qabul qilinadigan bolalar soni 50 nafargacha ko‘paytiriladi
Foto: Kun.uz
Qonunchilik palatasi majlisida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i kengaytirilishi hamda sohada nodavlat sektor ulushi oshirilishi munosabati bilan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘pi bilan yigirma besh nafar maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar ta’lim va tarbiya olishiga yo‘l qo‘yilishi belgilangani bolalarni maktabgacha ta’lim va tarbiya bilan qamrab olinishini ko‘paytirishga to‘sqinlik qilyapti.
Ushbu hujjat bilan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunga oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ta’lim va tarbiya berish uchun qabul qilinadigan bolalar sonini ellik nafargacha ko‘paytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Qonun loyihasi qabul qilinishi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yanada kengaytirilishiga hamda bolalarni maktabgacha ta’lim va tarbiya bilan qamrab olish darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
14:08 / 08.01.2026
3 yoshga to‘lmagan bolasi bor onalar uchun ish vaqti qisqartiriladi
13:02 / 31.10.2025
Maktab sumkasining og‘ir bo‘lishi bola sog‘ligiga qanday ta’sir qiladi?
16:51 / 30.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarga yotqizilgan bolalarning deyarli barchasi uyga qaytdi
13:53 / 29.09.2025