Jahon | 12:29 / 30.04.2018
5773
1 daqiqa o‘qiladi

Kobulda birdaniga ikkita portlash, 7 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida ikkita portlash ro‘y berdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Voqea oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Pajhwok agentligi Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga asosan xabar qilmoqda.

Portlashlar 30 aprel kuni yuz berdi. Ulardan biri, dastlabki ma'lumotga ko‘ra, mototsiklda bo‘lgan xudkush terrorchi tomonidan sodir etildi.

Natijada yetti kishi halok bo‘ldi, yana 20 inson jarohat oldi. TOLOnews ma'lumotiga ko‘ra, shuningdek Basod tumani bo‘yicha tergov bo‘limi boshlig‘i ham halok bo‘lgan. Jabrlanganlar orasida birinchi portlashni yoritishga kelgan jurnalistlar bor.

Birinchi portlash Milliy xavfsizlik direktorati – Afg‘oniston razvedka xizmati binosi oldida yuz bergan. Politsiya hodisani tasdiqladi, biroq tafsilotlarni keltirmadi.

Mavzuga oid