Ilon Mask 400 milliard dollardan ortiq boylikka ega dunyodagi birinchi odamga aylandi
Tesla bosh direktorining boyligi 439 milliard dollarga yetdi. Mask hamon dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi.

Foto: Bloomberg
Bloomberg xabariga ko‘ra, Ilon Maskning boyligi 439,2 milliard dollarga yetdi. Tesla va SpaceX bosh direktori Bloomberg reytingida dunyoning eng boy odamlari orasida birinchi bo‘ldi, uning sof boyligi 400 milliard dollardan oshdi. SpaceX 350 milliard dollarlik qiymati bilan eng qimmat startapga aylanganidan keyin uning kapitali taxminan 50 milliard dollarga oshdi.
Mask boyligi bo‘yicha Amazon asoschisi Jyeff Bezos va Meta rahbari Mark Tsukerbergdan oldinda bormoqda.
Ilon Mask 2021 yil yanvarida Amazon bosh direktori Jyeff Bezosni ortda qoldirib, tarixdagi eng boy odamga aylangan edi. Shu vaqtda uning boyligi 194,8 milliard dollarga baholandi.
Bloomberg avvalroq Maskning boyligi Donald Tramp AQSh prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganidan keyin ham o‘sishda davom etganini ta’kidladi. Mask Respublikachilar nomzodini omma oldida qo‘llab-quvvatlagan sanoqli yirik tadbirkorlardan biri edi.
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask 2027 yilga borib dunyodagi birinchi dollardagi trillionerga aylanishi mumkin, deb yozdi The Guardian gazetasi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Maskning boyligi yiliga o‘rtacha 110 foizga o‘smoqda.
Dunyoning ikkinchi trillioneri 2028 yilga borib, hindistonlik milliarder Gautam Adani bo‘lishi kutilmoqda. Nvidia bosh direktori Jyensen Xuangi va indoneziyalik magnat Prajogo Pangestu boyligi ham 2028 yilda 1 trillion dollar chegarasidan oshib ketishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Misr O‘zbekistonda sport kiyimlarini ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekiston | 11:11
-
Rasmiylar: Ukraina dronlari Rossiyaning Krasnodar o‘lkasiga hujum qildi
Jahon | 11:07
-
Mer: Xarkivga uchuvchisiz uchoqlar hujum qildi
Jahon | 10:10
-
O‘zbekistonda milliy turizm yagona platformasi ishlab chiqilmoqda
O‘zbekiston | 09:50
Mavzuga oid

18:27 / 01.05.2025
WSJ: Tesla Ilon Maskning o‘rniga yangi bosh direktor izlamoqda

17:04 / 01.05.2025
AQSh O‘zbekiston paxta sanoatini moliyalashtirganini eshitgan Ilon Mask kulib yubordi

17:05 / 24.04.2025
Ilon Mask va moliya vaziri Skott Bessent Oq uyda janjallashib ketdi - Axios

10:32 / 23.04.2025