Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada sud binosidan qochib ketgan 4 nafar sudlanuvchi ushlandi
Farg‘onada o‘g‘rilik jinoyatida ayblanayotgan to‘rt nafar shaxs sud binosidan qochib ketgan. Mazkur voqea jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudida yuz bergan.
2021 yil 5 may kuni soat 14:00 larda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tumani sudi binosiga olib kelingan to‘rt nafar sudlanuvchilar 1988 yilda tug‘ilgan A.P, 1991 yilda tug‘ilgan A.F, 1992 yilda tug‘ilgan Sh.Z. va 1989 yilda tug‘ilgan U.T.lar vaqtinchalik ushlab turish xonasiga olib kirilgan. Sudlanuvchilar sud binosining orqa tomonidagi devordan oshib, qochib ketgan.
Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ularning barchasi shu kunning o‘zida ushlandi. Hozirda qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochganligi uchun sudlanuvchilarga Jinoyat kodeksining 222-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Avvalroq, Oltiariqda YPX inspektori o‘rnatgan yo‘l belgisini olib tashlagan bir guruh fuqarolarga sud hukmi o‘qilgan edi.
Mavzuga oid
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
14:35 / 05.02.2026
Farg‘ona va Quvasoyda 175 mln dollarlik agrologistika markazlari quriladi
14:02 / 05.02.2026
Farg‘onada 4,2 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushiriladi
18:19 / 04.02.2026