Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bolalar uchun «Ishonch telefonlari» ishga tushadi
O‘zbekistonda bolalar uchun “Ishonch telefonlari” xizmati joriy qilinadi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 4 fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) kotibiyati mudiri Saidbek Azimov, BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Monitoring va baholash bo‘limi rahbari Janar Sagimbayeva hamda Bola huquqlarini monitoring qilish bo‘yicha mutaxassis Zokir Nazarov o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda bolaning qonuniy vakillari va bolalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri vakilga murojaat qilishi imkoniyatini yaratish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida “Ishonch telefonlari”ni ishga tushirish loyihasi muhokama etildi.

Loyihaga ko‘ra, “Ishonch telefonlari” orqali 12 soat davomida murakkab turmush sharoitiga tushib qolgan bolalardan murojaatlar qabul qilish hamda ularni o‘z huquqlariga oid ishonchli, aniq axborotlar bilan ta'minlash yo‘lga qo‘yiladi.
Onlayn muloqotda murojaatlar bilan ishlovchi mutaxassislarni tanlash va malakasini oshirish, shuningdek, bolalar Call-markazini ishga tushirish bilan bog‘liq boshqa tashkiliy hamda texnik masalalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
14:34 / 22.08.2025
“Kaltaklanadigan bolalar o‘qishda qoloq, tajovuzkor bo‘lib ulg‘ayadi” – JSST
12:49 / 20.08.2025
Bemor bolajonlarga quvonch ulashgan kun – “Sen kuchlisan” loyihasida to‘y
17:55 / 16.08.2025
Cocomelon’dan Masha va ayiqqacha: dialogsiz multfilmlar til chiqishini kechiktiradi(mi?)
20:17 / 05.08.2025