Jahon | 12:14 / 30.07.2018
5318
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada Parkinson kasalligini ildiz hujayralar yordamida davolash bo‘yicha tajribalar o‘tkaziladi

Foto: Fotolia

Yaponiyaning Kioto universiteti olimlari 1 avgustdan jahonda ilk bor Parkinson kasalligini davolash uchun sun'iy ildiz hujayralaridan asab hujayralarini yaratish va odamlarga ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha klinik tajribalarni o‘tkazishni boshlashadi. Bu haqda Kiodo agentligi xabar bermoqda.

Dastlab professor Dzyun Takaxasi rahbarligi ostida olimlar inson plyuripotent ildiz hujayralaridan asab hujayralarini yaratishadi. So‘ngra hujayralar Parkinson xastaligiga duchor bo‘lgan bemor miyasiga ko‘chirib o‘tkaziladi.

2012 yilda Kioto universiteti olimlari sun'iy asab hujayralarini Parkinson kasalligiga duchor bo‘lgan maymun miyasiga ko‘chirib o‘tkazishgandi. Yarim yildan so‘ng uning miyasini tekshirgan olimlar maymunning harakatlanish qobiliyati 10 foizga yaxshilanganini qayd etishdi. 

Shu paytga qadar davosi topilmagan Parkinson xastaligida asab hujayralari miqdorining kamayib ketishi oqibatida bemorda harakatlanish qobiliyati yo‘qoladi.

Mavzuga oid