Jahon | 01:24 / 24.08.2018
2299
2 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada G‘arbiy Nil bezgagidan 11 kishi vafot etdi

Foto: AFP 2018 / ARIS MESSINIS

Gretsiyada G‘arbiy Nil bezgagidan 11 kishi vafot etdi. Bu haqda kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish milliy markazi (KEELPNO) ma'lum qilgan.    

Joriy yilda ushbu virus 107 kishiga yuqqan, hozirda shifoxonalarda 19 kishi davolanmoqda.  

Virus Gretsiyada birinchi marta 2010 yilda aniqlangan. 2010 yildan 2014 yilgacha Gretsiyada ushbu virusdan deyarli 80 kishi vafot etgan. 2015 va 2016 yillarda u bilan bog‘liq birorta holat qayd qilinmagan. 2017 yilda 48 kishi kasallangani va 5 kishi vafot etgani ma'lum qilingan.

G‘arbiy Nil bezgagi chivinlar orqali tashiladi. KEELPNO shu sababli chivinlar chaqishidan himoya vositalarini qo‘llashni tavsiya qiladi.

Virus markaziy asab tizimida asoratlarga – ensefalit, falajlikka olib kelishi mumkin. Ushbu kasallikning alomatlari isitmalash, bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riqlar, ko‘ngil aynish, qayd qilish, ba'zida toshmalar va limfa bezlari kattalashishi hisoblanadi. Agar o‘z vaqtida tibbiy yordam so‘rab murojaat qilinmasa, o‘limga olib kelishi ham mumkin. 

Mavzuga oid