Light | 15:15 / 10.05.2019
22874
2 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyadan fotojamlanma: Alp tog‘lari Kun.uz obektivida

Shveytsariyada sayyohlarga tashrif buyurish tavsiya etiladigan joylar talaygina. Ular orasida mamlakatning qoq yuragida joylashgan Lyutsern shaharchasi va uning yaqinidagi Pilatus tog‘lari alohida o‘ringa ega.

Kantonlar yurtiga safarimiz davomida Alp tizmasining bir bo‘lagi sanaluvchi mazkur maskandan olgan taassurotlarimizni video hamda suratlar vositasida baholi qudrat o‘quvchilarimizga ilinishni joiz topdik.

Jonli tabiatning Lyutserndagidek betakror manzaralarini jahonning boshqa maskanlarida uchratish qiyin. Dunyoda kishini hayratga soluvchi tabiiy landshaftlar juda ko‘p, ammo ularning aksariyatiga borish uchun uzoq masofalarni bosib o‘tish talab etiladi, yetib borilganda ham alpinizmdan yiroq oddiy sayyohga ana shu go‘zallikdan to‘la bahra olish imkoniyati yaratilmagan.

Foto: Wikipedia

Pilatus tog‘lari ayni shu jihati bilan turistlarni o‘ziga jalb etadi. Bu yerdagi ulug‘vor tog‘lar tepasida qad rostlagan mehmonxonalar, dengiz sathidan 2100 metrdan balandroqda qurilgan tomoshagoh-maydonlar, ulkan qoyalar oralab uzoq masofalarga cho‘zilgan kanat yo‘llari insonga bir zumda tabiat bag‘riga singib ketishga imkon beradi.

Foto: TripAdvisor
Foto: TripAdvisor

Pilatus yuqorisidagi turistik inshootlarning tashkil etilishi XIX asrga borib taqaladi. 1889 yilda Alpnachstad qishlog‘idan ushbu tog‘lar tomon 4618 metrlik ilk temiryo‘l ochilgan edi. Oradan 130 yil o‘tganiga qaramay, u hamon jahondagi eng o‘tkir qiyalikda (48%) joylashgan temiryo‘l bo‘lib qolmoqda. Alp cho‘qqilari va Lyutsern ko‘lining hayratlanarli panoramasini namoyish etuvchi kanat yo‘li va boshqa turistik inshootlarning ham qurilganiga bir asrdan oshgan.

Foto: TripAdvisor
Foto: TripAdvisor

Quyida biz guvoh bo‘lgan manzaralardan suratlar jamlanmasini keltirib o‘tamiz.

Mavzuga oid