Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi G‘azodagi voqealar bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
Foto: EPA
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh G‘azo sektorida yuz bergan to‘qnashuvlar vaqtida odamlarning halok bo‘lishi holatini mustaqil tekshiruvdan o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
«Shuningdek, u bu mojaroga aloqador bo‘lgan barchani kelajakda qurbonlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan istalgan harakatlardan tiyilishga chaqiradi», - deya aytib o‘tdi bosh kotib vakili Farxon Haq.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azo sektori bilan chegarada Isroil armiyasi falastinliklar bilan to‘qnashishi oqibatida 6 nafar falastinlik halok bo‘lgani xabar qilingandi. 500dan ortiq kishi ushbu to‘qnashuv oqibatida jabrlangan. Isroil Mudofaa armiyasi ma'lumotiga ko‘ra, 17 ming falastinlik hujum uyushtirgan. Isroil armiyasi ma'lum qilishicha, 30 mart kuni G‘azo sektori bilan chegarada yana bir falastinlik fermer o‘ldirilgan, bir necha kishi jarohatlangan.